Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg’ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o’z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo’lgan qiziqishni uyg’otadilar. Ko’zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg’och misoli.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ham kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.