Joriy yilning 13 – yanvar kuni  O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30-yilligi va Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlab,    A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi 13060 harbiy qism bilan hamkorlikda “Vatanimiz posbonlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirni Harbiy komandirining   ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha maslahatchisi Achilova Firuza tadbir qatnashchilari bilan tanishtirib  o‘tdi. Tadbirda SamDu yuridik fakulteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Sh. Xoshimov so‘zga chiqib o‘z ma’ruzalari bilan tadbirimizni ochib berdi.
Tadbir davomida AKM mutaxassislari Sh. Tadjiyeva hamda Z. Djunaidova Vatan himochilari kuni munosabati bilan barcha vatan himoyachilarini tabriklab o‘zining samimiy tilaklarini bildirishdi.