“Nazm gulshani” nomli yangi adabiyotlar targ’iboti
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Nazm gulshani” nomli yangi adabiyotlar targ’iboti bo`lib o`tdi. Ushbu tadbirni Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasi raisi T.Tugalov ochib berishdi. Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, madaniyat xodimi X.Bobomurodova taqdim qilinayotgan asarlar haqida batafsil gapirib berdilar.