AKM da “United Redbridge” o’quvchilari tashrif buyurishdi

2022 yil 19-fevral kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqanq viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand shahar “United Redbridge” xususiy maktabning 2,3,4,5,6,7 va 8 sinf o’quvchilari Kristina Yuryevna boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ular kutubxonaga mavjud bo’lgan barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. O’quvchilarga kutubxonamiz juda ham katta taa’surot qoldirdi

Vaqtli matbuot nashrlariga nazar

Joriy yilning 17-fevral kuni Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida vaqtli matbuot nashrlari va badiiy adabiyotlar sharhi mutaxassislar tomonidan o’tkazildi. Ushbu sharhda faol kitobxonlar ham ishtirok etib o’zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi.

“Sevimli kutubxonamga kitob sovg’a qilaman” aksiyasi davom etmoqda!

Joriy yilning 16 – fevral kuni Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqandlik ijodkor Abduraxmon Amonov kutubxona fondini boyitish maqsadida “Kel Samarqand shahriga” deb nomlangan II tomlik kitoblarini sovg’a qildi. Ijodkorga AKM jamoasi o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Metodik to’garak

Joriy yilning 15-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tomonidan Zoom platformasi orqali  “Unicat.natlib.uz tizimida bibliografik yozuv yaratish va hujjatning nusxasini kiritish texnologiyasi”  va “Xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalardan foydalanish” mavzularida online seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Samarqand viloyat, tuman, shahar axborot-kutubxona markazlari  mutaxassislari ishtirok etishdi.

“Ziyo maskanlari ko’paymoqda”

Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali qoshida axborot-resurs markazi ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu marosimda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Sh.Baxriyevna ishtirok etib axborot-resurs markazi faoliyatini yuritishda o’z maslahatlarini berdilar. Ochilish marosimidan so’ng Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga ba’g’ishlab she’rxonlik kechasi bo’lib o’tdi.