Prezident maktabi o’quvchilari tashrifi

2022 yil 16-mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari tashrif buyurishdi. Ular AKM faoliyati, elektron kutubxona va barcha zallar bilan yaqindan tanishdilar.

Kutubxonaga tashrif

17-mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand shahar 17- umumta’lim maktabi hamda Samarqand viloyati Urgut tumani 36 –umumta’lim maktab o`quvchilari sinf rahbari boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida kitobxonlar uchun yaratilgan shart –sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

O’zbekiston qahramoni

2022 yil 15 mart kuni AKMning madaniy marifiy va yoshlar bilan ishlash sektori tomonidan O’zbekiston Xalq shoiri taniqli jamoat arbobi O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 81 yiligiga bag’ishlab, “O’zbekiston qahramoni” deb nomlangan oylik ko’rgazma tashkil etildi.

Vatanim madhini kuylayman to tanda bor jonim

2022 yil 15-mart kuni O’zbekiston Qahramoni Abdullo Oripov tug’ilgan kuni munosabati bilan A.S Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi madaniy ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori qoshida “Vatanim madhini kuylayman to tanda bor jonim” mavzusida she’rxonlik soati o’tkazildi. Unda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’lim rahbari T.Tugalov, she’riyatga ixlosmandlar faol kitobxonlar va AKM mutaxassislari qatnashdi.

Kel Samarqand shahriga

Joriy yilning 10 – mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Abdurahmon Amonovning “Kel Samarqand shahriga” deb nomlangan uslubiy risolasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Ushbu kitob O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, san’at fidoiysi, mazkur risolaning yuzaga kelishiga xizmati singgan yetuk bastakor Olimboy Rahmonovning porloq xotirasiga bag’ishlanadi. Tadbirda O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi rahbari F.Toshev…

Klassik adabiyotlar

A.S.Pushkin nomidagi axborot – kutubxona markazining madaniy marifiy ishlar rejasiga muvofiq 2022 yil 10 mart kuni “Zamonaviy klassik adabiyotlari” deb nomlangan ko’rgazma tashkil etildi. Ko’rgazmada 30 ga yaqin adabiyotlar kitobsevarlarga havola etildi.