Siyosiy ma’rifat o‘quv soati

2022 yil 29 aprel kuni soat 9:00da Prezident  huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Youtube kanali, hamda ilm.argos.uz malaka oshirish platformasi orqali  “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da  qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyati va  ishchi xizmatchilarning lavozim vazifalari, mehnatni nazorat qilish mexanizimi, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda mehnat sohasidagi huquqlari himoyasini ta’minlash doirasida mutaxassislar ma’lumotlar berib…

“Bu yorug‘ dunyoda o‘chmas chirog‘im”

Joriy yilning 28 aprel kuni Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Samarqand tuman 10-IDUM o‘quvchilari qatnashdi va ular tomonidan sahna ko‘rinishlari ko‘rsatilib o‘tildi, shoirning she’rlaridan parchalar aytildi. Tadbir barchaga qiziqish uyg‘otdi.

“Ichki ishlar Bo’limi xodimlarini kutubxonaga tashrifi”

Joriy yilning 28 – aprel kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand viloyati Ichki Ishlar Bo’limi xodimlari PPXB komandr MMIB o’rinbosari podpolkovnik T.Axbutaev boshchiligida tashrif  buyurishdi. Tashrif davomida AKM faoliyati, elektron kutubxona, kutubxonaning muzeyi va barcha zallar bilan yaqindan tanishdilar va o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

O’z kasbinig fidoiysi

2022-yil 23-aprel kuni  Milliy matbuot markazida II Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Axborot-kutubxona a’lochisi» nomiga munosib topilganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida kutubxonada samarali  mehnat qilib kelayotgan А.S.Pushkin …

“Yo’l yo’lakay” loyihasi davom etmoqda!

26-aprel kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan  Samarqand shahar “Xo’ja Doniyor maqbarasi” ziyoratgohiga tashrif buyurib, axborot-kutubxona markaziga kelib tushgan yangi adabiyotlarni targ’ib qilish maqsadida aholi kitoblar bilan tanishtirildi. Ushbu loyiha orqali kitobxonlarimiz yanada ko’payib bormoqda!

Vatan va muhabbat kuychisi

Madaniy ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori tomonidan 2022 yil  25 aprel kuni o’zbekning sevimli shoiri Muhammad Yusuf  tavallud  kuniga  bag’ishlab   “Vatan va muhabbat kuychisi“deb nomlangan  ko’rgazma tashkil qilindi.