Yosh kitobxonlarning tashrifi

Samarqand shahar 45-umum ta’lim maktabi 8-sinf o’quvchilari D.Raxmonova boshchiligida kutubxona bo’ylab sayohat qilishdi. Tashrif davomida kutubxona bilan tanishibgina qolmay, bugungi tadbirimiz ishtirokchilariga ham aylanishdi.

Said Ahmad ijodiga bir nazar

“Said Ahmad ijodiga bir nazar” nomli badiiy kecha 31-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda o’tkazildi. Said Ahmad hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar,”Ufq” asaridan tayyorlangan sahna ko’rinishlari, badiiy chiqishlar barchaga manzur bo’ldi. O’quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan rollar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. AKM va 31-umumta’lim maktab hamkorligi davom etadi.

“Talabalarning kutubxonaga tashrifi”

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga “Kitobxonlik haftaligi” doirasida AKM faoliyati bilan tanishish maqsadida Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son Davolash ishi fakulteti  1 va 2 bosqich talabalari Sh. Xolmurodov, F. Beknazarov boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida AKM ning barcha shart – sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

“Kitobsevar millat”

Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida   viloyat madaniyat markazlari , Samarqand shahar 3-umumta’lim,  Samarqand tuman 54-umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda   “Kitobsevar millat” deb nomlangan badiiy musiqali kecha bo’lib o’tdi. Kechada ozarbayjon, tojik, o’zbek madaniyat markazlari o’zlarining chiqishlari bilan barchaga yaxshi kayfiyat ulashishdi.

Kitob ma’naviyatimiz hazinasi!

Joriy yilning 22 aprel kuni Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida viloyatda kitobxonlik rivojlanishining mavjud holatini aniqlash bo’yicha “Hayotingiz davomida o‘qigan eng yaxshi asaringiz” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi. O‘tkazilgan so‘rovnoma kitobxonlarga katta qiziqish uyg‘otdi.

Kutubxona bo’ylab sayoxat

 “Kitobxonlik haftaligi” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand viloyati Ichki Ishlar Vazirligi akademik litseyi 105, 106 guruh talabalari ARM rahbari M.Rabbimov boshchiligida tashrif  buyurishdi. Tashrif davomida talabalar AKM ning barcha shart – sharoitlari va elektron kutubxonaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.