E’LON

Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida 2022-yil 18-22 aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” bo’lib o’tadi. Haftalik doirasida kitob ko’rgazmalari, ko’rik-tanlovlar, sevimli ijodkorlar bilan uchrashuvlar, yangi adabiyotlar sharhi, badiiy va musiqiy kechalar, “Sevimli kutubxonamga kitob sovg’a qilaman” aksiyasi va sport musobaqalari o’tkaziladi.Barcha tashkilot va muassasalardagi kitobga oshno qalblarni taklif etib qolamiz

Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati

Joriy yilning 8 aprel kuni Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo`lim rahbari Toshpo’lat Tugalov bilan hamkorlikda Buyuk davlat arbobi, sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur tavallud topgan kuniga bag`ishlab «Biz buyuk sarkardalar avlodimiz» mavzusida qiziqarli davra suhbati o`tkazildi.

Kutubxonada “Xalqaro bolalar adabiyoti kuni”ga bag`ishlangan virtual ko`rgazma

2 aprel – butun dunyoda 1967 yildan  buyon nishonlanib kelinadigan “Xalqaro bolalar adabiyoti kuni” Xans Kristian Andersenning tug’ilgan kuni munosabati bilan  tanlanib , yozuvchiga hurmat sifatida bag’ishlangan. Ushbu kun kitoblarga bo’lgan muhabbatni kuchaytirish va jamoatchilik e’tiborini bolalar kitoblariga jalb qilish maqsadida nishonlanadi. Shu munosabat bilan 1 – aprel kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazida…