Bunyodkor yoshlar- yurt kelajagi

Joriy yilning 29-iyun kuni A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida kitobxonlar bilan “Yangi O’zbekiston yoshlarining ijtimoiy faolligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar va ulardan oqilona faydalana olish haqida kitobxonlar o’zaro fikr almashdilar. Davra suhbati davomida yoshlarning asosiy burch va majburiyatlariga ham alohida to’xtalib o’tildi. Shuningdek, Bunyodkor yoshlarni tarbiyalash davomida ma’naviy…

30- iyun —Yoshlar kuni

30-iyun— Yoshlar kuni munosabati bilan A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida faoliyat olib borayotgan isteʼdodli, bilimga chanqoq, izlanuvchan, o’z ishiga masʼuliyatli yoshlari axborot-kutubxona markazining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

30-iyun – “Yoshlar kuni”

Assalomu alaykum! Yangi O’zbekistonning-bunyodkor yoshlari! Bugungi qutlug’ ayyom – Yoshlar kuni bilan Yurtimizning yoshlarini chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.Ertangi kunning egalari sizlardek tashabbuskor, isteʼdodli, bilimga chanqoq, izlanuvchan, masʼuliyatli, sogʻlom, barkamol yoshlardir. Muhtaram Prezidentimizning Siz yoshlarga boʻlgan alohida e’tibori, gʻamxoʻrligi natijasi sifatida 2017-yil 30-iyunda boʻlib oʻtgan tarixiy uchrashuvda 30-iyun “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilingan edi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek…

Konstitusiyaviy islohotlarga bag`ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi

Bugun A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Konstitutsiyaviy islohotlar bo’yicha davra suhbati tashkil etildi. Unda so’z olganlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishning ahamiyatiga urg’u berishdi.Dastlab Samarqand viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig’i M.Ibodullayev tomonidan ishtirokchilarga yurtimizda keng ko‘lamli islohotlardan biri bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy qonuni…

Kitob targ’iboti bolalar kamolotida ijobiy tasir ko’rsatadi

Joriy yilning 28-iyun kuni A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Sayyor tadbir doirasida Jomboy tumani “Qaldirg’och” bolalar oromgohida bolalarning yozgi ta’tilda vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari va kitobga oshno qilish maqsadida kitob targ’iboti tashkil qilishdi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan ijro etilgan she’rlar va qo’shiqlar kitob targ’ibotiga yanada mazmun bag’ishladi.

XXI asr -Giyohvandlikka kurashish asri

“Ayanchli taqdir osmondan tushmaydi. U har bir kishining axmoqligidan kelib chiqadi”. Alberti Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxonlar ishtirokida “XXI asr -Giyohvandlikka kurashish asri” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davar suhbatida giyohvadlikka qarshi videorolik namoyish etildi. Shuningdek, kitobxonlarning mavzuga oid qanchalik bilimlari borligini sinovdan o’tkazish maqsadida savol-javoblar tashkil qilindi. Bundan tashqari, tadbirning asosiy…