Kuylardagi zarchashmalar

Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari kompozitor, dirijyor, oʻzbek operasi asoschilaridan bo’lgan Muxtor Ashrafiy tavalludining 110 yilligi munosabati bilan kitobxonlar ishtirokida “Kuylardagi zarchashmalar” nomli ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda ijodkor hayoti yo’li haqida ma’lumotlar berildi. Ma’lumot o’rnida shuni aytih joizki, Oʻzbekiston xalq artisti Muxtor Ashrafiy Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida oʻqigan. Kompozitsiyadan…

MA’NAVIY TADBIRLAR MILLIY GO‘YANING ASOSI

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga 523 Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni harbiy xizmatchilari tomonidan ” Men sevib o‘qigan kitob” mavzusida ma’naviy tadbir tashkil etildi. Tadbirda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining Ma’naviy ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori xodimlari qatnashib, harbiylarning bunday tashabbuslari tengdoshlariga o‘rnak ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Ta’til -kitob bilan sermazmun

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot -kutubxona markazi xodimlari “Milliy o’qish haftaligi” doirasida Toyloq tumanida joylashgan “Amir Temur” oromgohida bolalarning yozgi ta’tilda vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari va kitobga oshno qilish maqsadida eng qiziqarli kitoblar taqdimotini tashkil qilishdi. Tadbir davomida sheʼrxonlik, viktorina savol – javoblari bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida eng faol ishtirok etgan kitobxonlarga АKM tomonidan estalik sovgʼalari topshirildi.

Kitobga oshno bo’ling, biz bilan birga bo’ling

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot -kutubxona markazi o’quvchi-yoshlar orasida kitob mutolasini oshirish hamda ta’tilni mazmunli o’tkazish maqsadida “Kitobga oshno bo’ling, biz bilan birga bo’ling” deb nomlangan chellenjini e’lon qiladi. Qadrli kitob ixlosmandlari sizlar ham bu chellenjda faol ishtirok etib, yaqinlaringizni kitobga do’stlashishida o’z hissangizni qo’shing! ZERO, FAZILATLI ILM OLISH IBODATDIR! SAFIMIZGA QO’SHILING!

O’quvchilarning kitobga bo’lgan mehri ortib bormoqda

Kitob tuganmas xazina. Shu so’zlarni o’zlariga shior deb bilgan holda joriy yilning 16- iyun kuni Samarqand shahar Temiryo’l texnikumining 1-bosqich talabalari A.S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami bilan tanishtirdi. Shuningdek, ta’til davomida kutubxonaga kelib, badiiy kitoblar o’qib, ma’naviy boyliklarini oshirishlari mumkinligini ta’kidlab o’tdilar.

Yozgi ta’til kitob bilan yanada maroqli bo’lmoqda

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot -kutubxona markazi hamda Samarqand tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari “Milliy o’qish haftaligi” doirasida Samarqand tumanidagi “Uchqun” oromgohida bolalarning yozgi ta’tilda vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari va kitobga oshno qilish maqsadida kitob taqdimoti, she’rxonlik kechasini tashkil qilishdi. Tadbir davomida o’quvchilar o’zlari o’rgangan she’rlaridan parcha aytib berishdi. Quvonarlisi shundaki, bolajonlarga bu tadbir yoqqanligi sababli, yana shunday…