Harbiylar kutubxonada

Peter Gille -“Bir insonning qiymati oʻqigan kitoblari bilan oʻlchanadi”-degan edi. Xuddi shunday, Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizoni chaqiruv rezervi batalyoni kursantlari ham ilm bulog’idan suv ichib, ma’naviy boyliklarini oshirish maqsadida A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Harbiylarga AKM mutaxassislari tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami bilan tanishtirildi.

Men o’qigan asarda…

Ayni paytda A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida, yurtimizda “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida o’tkazilayotgan yoshlar festivallari doirasida harbiy xizmatchilar va kitobxonlar ishtirokida “Men o’qigan asarda” nomli davra suhbati o’tkazilmoqda. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyat kengashidan H.G’oziyev kitobxonlar bilan savol-javob tashkil qildi. Shuningdek, badiiy adabiyotlarning qanchalik darajada buyuk va o’lmas kuchga ega…

“Vaqt mashinasida” sayohat kitobida Amir Temur bog’larini ziyorat qilamiz

Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida  Samarqand viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Rustam Vafoyevning “Vaqt mashinasi” da sayohat nomli kitob taqdimoti bo’lib o’tdi. Kitob taqdimotida viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari D. Narziqulov, Turon fanlar akademiyasi vitse prezidenti F.Qodirov, “Vaqt mashinasi” da sayohat kitobi muallifi R. Vafoyev,…

O’zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida  dramaturg, o’zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi sifatida tanilgan Said Ahmad tavalludining 102- yilligi munosabati bilan davra suhbat bo’lib o’tdi. Tadbirda adibning hayoti va ijodi, asаrlaridan parchalаr keltirilib, savol-javoblar o’tkazildi. Shuningdek, Said Ahmad ijodiga bag’ishlab AKM xodimlari tomonidan videolavha namoyish etildi. Tadbir so’nggida eng faol qatnashgan kitobxonlarga tashakkurnomalar…

E’lon

A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 10-iyun kuni soat 10:00 da Rustam Vafoyevning “Vaqt mashinasida” sayohat kitobi taqdimoti bo’lib o’tadi. Barcha kitobxonlarni mazkur taqdimotga taklif etib qolamiz.