KUTUBXONAGA KITOB SOVG‘A QILAMIZ

Bugun tuman axborot kutubxona markazida “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilamiz” aksiyasi o‘tkazildi. Tuman hokimi, sektor va korxona, tashkilot rahbarlari faol kitobxonlar qatorida aksiyada ishtirok etdilar. Har bir aksiya qatnashchisi axborot kutubxona fondini boyitish maqsadida markazga badiiy adabiyotlar sovg‘a qilishdi. Aziz tumandoshlar! Aksiya davom etmoqda. Xayrli ishga bosh qo‘shib, nurxonaga kitob tuhfa eting!

“Bilag’onlar davrasida” 

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi elektron resurslardan foydalanish va o’quv zallari xizmati mutaxassislari  Urgut tumanida joylashgan Yakub Tursunov nomidagi bolalar dam olish oromgohida  “Bilag’onlar davrasida” nomli   tadbir uyushtirdi.  Tashkilotchilar  tomonidan  bolalarga mo’ljalangan  yangi adabiyotlar va audio kitoblar ko’rgazmasi tashkil etilib, barcha adabiyotlar to’g’risida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berib o’tildi. Shundan so’ng bolalar oromgohi…

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali 80 yoshda

Ayni paytda Samarqand viloyati Yoshlar markazida zabardast shoir va adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda  elimiz suygan shoir va yozuvchilar, viloyat hokimligi, xalq ta’limi xodimlari, kitobxonlar ishtirok etishmoqda. Uchrashuv yozuvchiga bag’ishlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Ijodiy uchrashuvda yozuvchi asarlarining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, o‘sib kelayotgan…

So’rovnoma: Qaysi asarni o’qimoqchisiz?

Elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari xizmati mutaxassislari tomonidan AKM fondi va yordamchi fondlarni yangi, ko‘p so‘raladigan, rad javoblari berilgan  adabiyotlar bilan to‘ldirish maqsadida foydalanuvchilar o‘rtasida  so‘rovnoma o‘tkazildi. So’rovnomada Jeyms Xedli Cheyzning “Gonkongdan kelgan tobut”, “Yarim million dollarlik qilmish”, Axmad Lutfiy Qozonchi, Holid Husaniyning “Shamol ortidan yugurib”, Shayx Muxamad Sodiqning “Sadoqat asri qissalari” (1-4 tom),…

“Himmatning qiymati”

Nurobod tuman Axborot-kutubxona markazida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori,  Filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo’ldoshevning “Himmatning qiymati” kitobi taqdimoti onlayn tarzda bo’lib o’tdi. Taqdimotda Samarqand viloyat AKM va barcha  tuman va shahar AKM lari qatnashishdi.  Yozuvchining o’zi ham onlayn taqdimotda qatnashib, qatnashchilarga kitobning yaratilishi haqida ma’lumotlar berib o’tdi