Davriy nashrlar va yangi adabiyotlar sharhi

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari va  kitobxonlar uchun davriy nashrlar va yangi adabiyotlar sharhi  bo’lib o’tdi. Davriy nashrlarda chop etilgan  o’lkamizga doir siyosiy yangiliklar,o’zgarishlar , maqolalalar haqida batafsil to’xtalib o’tildi. Shuningdek, kutubxonaga kelib tushgan yangi adabiyotlar haqida ham ma’lumot berildi.

Siyosiy-ma’rifat soati

2022-yilning 22-iyul kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati” da ishtirok etdilar.

Ko’chma kutubxona tashkil qilindi

Samarqand tumanidagi 33-IDUM taklifiga binoan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubona markazi tomonidan ommani ayniqsa, yoshlar ong-u tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida ko’chma kutubxona va mobil kutubxona tashkil qilindi. Ko’chma kutubxona amal qilish muddati yozgi ta’til davri hisoblanib, ko’chma kutubxonada AKM fondidan badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

Bolalar misoli farishta

Bolalar farishta shunday emasmi?! Ularning quvonchi dunyoni yoritadi va ularga bugun berilgan tarbiya kelajakni poydevori hisoblanadi. Shunday ekan bolalarga to’g’ri yo’lni ko’rsatish, kitobga oshno qilish kerak. Shu maqsadda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot – kutubxona markazi xodimlari Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan birgalikda Urgut tumanidagi “Chorchinor” bolalar oromgohida kitob targ’iboti tashkil qilishdi. Tadbir davomida kitoblar…

Bolalik – bu hayotning eng baxtli yillari

Bolalik – bu hayotning eng baxtli yillari. Shunday ekan bu damlarni unutilmas, go’zal qilish biz kattalarning vazifamizdir.  A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot markazi xodimlari bolalarni ta’tilda vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Samarqand shahar 27- Maktabgacha Ta’lim Tashkilotining o’yin maydonchasida  Moviy jomadon loyihasi asosida “Bolalarga  mo’ljallangan kitob taqdimoti” deb nomlangan tadbir tashkil etishdi. Tadbir davomida, bolalar bilan…

Otashnafas hofiz

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar istirokida xonanda, sozanda, aktyor va bastakor, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog‘iston xalq artisti Komiljon Otaniyozovning o’zbek san’atidagi o’rni mavzusida xotira kechasi tashkil etildi. Tadbirda xalqning suyukli xofizi, musiqa olamida noyob iste’dod sohibi bo’lgan Komiljon Otaniyozovning faoliyati, yaratgan asarlari, merosi haqida so’z yuritildi.