Onlayn trening

Bugun axborot -kutubxona markazlari mutaxassislari uchun hamda oliy ta’lim muassasasi professor -o’qituvchilari va doktorantlari uchun “Proquest Dissertations and these Global” xorijiy dissertatsiyalar bazasidan foydalanish bo’yicha onlayn trening bo’lib o’tdi.

Yo o’qishga arzirli narsa yozing, yo ishingiz yozishga arzirli bo’lsin!

Bugun Turkiyaning Bursinskiy Uludagskiy universiteti o’qituvchisi Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Minara Aliyeva Chinar A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelib, o’zining mualliflik kitoblarini kutubxonaga sovg’a qildi. Shuningdek, Kutubxona bo’ylab sayohat tashkil qilinib, kelgusidagi rejalar va hamkorlik faoliyati haqida fikr almashildi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Qahramonimiz hayoti davomida har bir lahzasidan unumli foydalangan holgan boshqalarning yanada bilimli, fikrlashlari keng bo’lishi…

KEKSALARNI E’ZOZLASH – INSONIY FAZILAT

 Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy xislatlar joy olgan. Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning kо‘p yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand bо‘lish, duolarini olib yurish hamda ularga yaxshi suhbatdosh bo’lishdir. Shu so’zlarni o’zlariga shior deb bilgan kutubxonachilarimiz  Samarqand shahar “Saxovat” keksalar…

Bolalar dunyosi- beg‘ubor dunyo

Har bir inson o‘z bolaligiga qaytishni qumsab yashaydi… A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Samarqand shahar “Temur Fayz” nomli nodavlat o‘rta ta‘lim muassasasida “Mening sevimli ertak qahramonlarim”deb nomlangan  madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda bolalar bilan rus xalq maqollari va topishmoqlar viktorinasi, oshpazlik mahorati, sport o’yinlari, sevimli ertak qahramonlari bilan uchrashuvlar va interfaol o’yinlar o’tkazildi.  Bolalar…

Qulay kitobxonlik

Kitobxonlarga yanada qulaylik yaratish hamda ularning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot kutubxona markazi tomonidan Bog’i Feruza mahallasiga 100 ta QR kodli elektron kitoblar taqdim etildi. Mahalla yoshlar va fuqarolari kitoblardan mahalla binosida joylashgan Yoshlar kutubxonasida o’zlariga yoqgan kitobni skaner qilib o’qishlari mumkin.

Mehr kutubxonasi-bolalar ijodi debochasi

Bugun kutubxonachilarimiz “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Samarqand shahar “Gumush Gold” sog’lomlashtirish  markazida bo’ldilar. Bolajonlarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ular o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish bugungi kunda bizning maqsadimiz! Tashkil etilgan tadbirda o’zbek xalq maqollari va topishmoqlar viktorinasi,qandolatchilik, oshpazlik mahorati, qo’shiq va raqslar,sport o’yinlari, badiiy asarlar qahramonlari haqida qiziqarli o’yinlar tashki etildi.