E’LON!

2022-yil 8-iyul profilaktika va sanitariya «Tozalik kuni» deb e’lon qilinadi va ushbu kun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatmaydi.

“YANGI O‘ZBEKISTON – INSON QADRI ULUG‘LANGAN YURT” SHIORI OSTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO’LIB O’TDI

Kattaqo’rg’on shahar axborot-kutubxona markazida Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida “Ma’naviyat” festivali doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni Kattaqo’rg’on shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Jamshid Nosirov tomonidan ochib berildi. Tadbirda Respublikadan falsafa fanlar doktori Jamila Shermuhammedova, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Zuhra Ismoilova, Obiddin Mahmudov, Fayzulla Ernazarov,…

“Sevimli kutubxonamga kitob sovg’a qilaman ” aksiyasi davom etmoqda.

Bugun A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida samarqandlik ziyoli, yozuvchi Tagirov Odil kutubxona fondini boyitish maqsadida o’z qalamiga mansub “Xotira va hayot”, “Xotiralarga ko’chgan hayot”, “Boks qirollari”, Futbol cho’qqisi”, “Palov xizmati va ziynati” deb nomlangan kitoblarini taqdim etdi. Tagirov Odilga A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasi o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Davra suhbati

Samarqand shahar 13060 harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining 30 yilligiga bag‘ishlab“ Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligining ifodalovchi muqaddas belgidir” nomli AKM xodimlari tomonidan tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.

Gerbimiz-mangulik ramzi

Davlat ramzi bo’lgan Gerbimizga bag’ishlab A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi xorijiy adabiyotlar zalida kichik tadbir tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar tomonidan ingliz tilida Gerbimiz haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, vatan haqida she’rlar ijro etildi. Bunday tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad kitobxonlarning davlat ramzlari haqidagi bilimlarini boyitib borishdir.

Davlat ramzlarida xalqimizning sharafi mujassamdir

2- iyul —O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida xodimlari tomonidan kitobxonlar o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbat davomida kitobxonlarni davlatimiz ramzlariga oid bilimlari sinovdan o’tkazilib, viktorina savol-javoblari tashkil etildi.