Zamonaviy klassik adabiyotlar ko’rgazmasi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida “Zamonaviy klassik adabiyotlar” deb nomlangan ko’rgazma tashkil qilindi. Ko’rgazma orqali kitobxonlar ham o’zbek ham rus ijodkorlarning ijod namunalari bilan tanishishlari mumkin!

Yozuvchilarning kitob taqdimoti

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida Jumagul Suvonovaning “Samarqandnoma” tarixiy biografik dostoni, Abduhamid Xudoyberdiyevning “Amirning buyurmagan oltinlari”, Farmon Toshevning “Ko’ngil shavqi-ijod zavqi” kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda “Zarafshon” gazetasining bosh muharriri F. Toshev, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari T.Tugalov, “Xalq so’zi” gazetasining Samarqnd viloyat muxbiri A.Yo’ldoshev, “Zarafshon” gazetasi muxbiri X.Ernazarova hamda ijod vakillari…

Yangi O’zbekistonning mustaqil va baxtli farzandlari

A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida Paxtachi tumani 11-umumta’lim maktabi “Yosh ijodkorlar” jamoasining “Yangi O’zbekistonning mustaqil va baxtli farzandlari” nomli tadbiri bo’lib o’tmoqda. Tadbirda kutubxona xodimlari va kitobxonlar qatnashishdi. Tadbir davomida Yosh ijodkorlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar, she’rlar hamda raqs guldastalari ijro etildi.

Chingiz Axmarov xotirasiga bag’ishlangan tadbir

Joriy yilning 23- avgust kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-markazi xodimlari Chingiz Axmarovning tavalludining 110-yilligi munosabati bilan Samarqand shahar SOS bolalar mahallasida yosh rassomlar tanlovini tashkil qilishdi. Tadbirda havaskor rassomlar ishtirok etishdi.Shuningdek, tadbir davomida yirik mahobat uslubidagi rassom, portretchi-rassom, miniatyurachi-rassom, professor, yuzlab shogirdlar chiqargan ustozning hayoti, serqirra ijodi va o‘ziga xos iste’dodi haqida hamda uning o‘zbek…

Moviy jamadon

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Samarqand shahar SOS bolalar mahallasida Mehr kutubxonasi loyihasi doirasida bolalarni kitobga qiziqtirish maqsadida Moviy jamadon kitobxonlik targ‘ibotini tashkil qilishdi