KITOB KO’RGAZMASI – YANGILIK DEBOCHASI

Qadrli A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining kitobxonlari endi siz kutubxonaga kirishda nafaqat sizga kutubxonaga a’zo bo’lish uchun xizmat ko’rsatiladi, balki Yangi nashr etilgan adabiyotlar bilan tanishib borishingiz mumkin. Kitob ko’rgazmalari orqali siz zamonaviy va badiiy adabiyot haqida qisqa-qisqa yangiliklar va ma’lumotlar olishingiz mumkin. Internet dunyoni zabt etsa-da, kitob har doim shu yerda bo’ladi.

Ilm olishning erta-kechi bo’lmas

Joriy yilning 29-iyul kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Urgut tumanining “Muruvvat” NBSHU erkaklar internat uyining kutubxonasida “Badiiy adabiyotlar taqdimoti” deb nomlangan sayyor madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi. Tadbir davomida, keksa, nuroniy otaxonlarimizga vaqtlarini mazmunli o’tkazish va tafakkurlarini yanada boyitish maqsadida AKMga kelib tushgan yangi badiiy adabiyotlar to’g’risida ma’lumot berildi.