USTOZ HAYOTIMIZ CHIROG’I

Xalqimizda ilm o’rganmoq igna bilan quduq qazishga qiyoslanadi. Ustoz bu ishga butun borlig’ini, mehrini baxsh etadi. Darhaqiqat, minglab murg’ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, kelajakka tiyrak nigox tashlashga o’rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat’iy ishonch uyg’otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq-chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan, qoqilsa – suyab, yiqilsa – turg’izadigan, yutuqlaridan boladek…

Bolajonlar uchun kitob taqdimoti tashkil qilindi

1-oktabr O‘qituvchi va murrabiylar kuni munosabati bilan Samarqand shahar 96- sonli maktabgacha ta’lim muassasida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi xodimlari kitob taqdimotini tashkil qilishdi. Taqdimot davomida bolajonlar tomonidan ustozlariga bag’ishab she’r, ashulalar ijro etildi.

Ustozlar hurmati – ajdodlarimiz merosi

O’qituvchi-ulug’ zot. O’z bilimidan hammani bahramand etuvchi inson. Birinchi sinfimizdan qo’limizdan tutib sinfxonasiga olib kirgan, qo’llarimizga qalam tutqazib yozishni o’rgatgan, harfma-harf o’qishni o’rgatgan inson shu emasmi. Albatta, buni hech yodidan chiqarmaydi. Doimo ularni yod etib, e’zozlab yuramiz. 1-oktabr O‘qituvchi va murrabiylar kuniga bag‘ishlab “Ustozlar hurmati – ajdodlarimiz merosi” mavzusida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona…

Yo’l-yo’lakay

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi xodimlari Yoshlar bog’ida talaba-yoshlar orasida “Yo’l-yo’lakay” loyihasi doirasida kitob targ’ibotini tashkil qilishdi. Targ’ibot davomida kutubxonaga yangi kelib tushgan adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi.

Kutubxonaga Jizzaxlik mehmonlar kelishdi

Yer yuzidagi 15 ta eng ajoyib shaharlar kiritilgan ro‘yxatning oltinchi pog‘onasidan o‘zining tarixiy durdonalari bilan dunyoga tanilgan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri ham o‘rin oladi. Ushbu tarixiy boqiy shaharni tomosha qilib, ziyorat qilish maqsadida Jizzax viloyati Markaziy harbiy okrugi oilalar bilan ishlash bo’yicha yetakchi mutaxassisi, ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig’i, jamoatchilik kengashi a’zolari hamda…