SamDAQI talablari o’rtasida kitob targ’iboti tashkil qilindi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi xodimlari Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutida yangi kelib tushgan adabiyotlar va elektron kitoblarning targ’ibotini tashkil qilishdi. Targ’ibot davomida kutubxona hamda QR kodli kitoblar haqida talabalarga batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Yosh talabalar kutubxona hayoti bilan tanishdilar

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti 1-bosqich talabalari tyutori Sanjarbek Kushbakov boshchiligida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari yaratilgan sharoitlar hamda kutubxona fondi bilan yaqindan tanishtirib o’tdilar.

Talabalar kutubxonada

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining talabalik hayotiga qadam qo’ygan yoshlar tashrif buyurishdi. Qaysi sohada bo’lmasin inson o’zining kasbini ustasi bo’lishi uchun albatta, kitob o’qishi, o’rganishi lozim. Talabalar ham o’zlari tanlagan sohalari ya’ni Dasturiy injiniring hamda Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo’nalishlaridan chuqur o’rganishlari maqsadida kutubxona fondi bilan kutubxona…

“Eng yaxshi kitobxon harbiy oila” ko‘rik tanlovining okrug bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Har yili Mudofaa vazirligi tizimida an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan «Eng yaxshi kitobxon oila» ko‘rik-tanlovi harbiy oilalarning adabiyotga, kitobga mehrini, qiziqishni oshirishda hamda oilalalarda ahillik va birdamlik muhitini yaratishda muhim ro‘l o‘ynab kelmoqda. Joriy yilning 23-sentabr kuni Markaziy harbiy okrugining Ma’naviyat va marifat markazida ana shunday ezgu maqsadga xizmat qiluvchi xayrli tadbirning okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi.…

Eng yaxshi kitobxon

Kitob – zamonlar to’lqinida suzuvchi, o’zidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro’shnolik kiritib, ezgu tuyg’ularni uyg’otmoqqa qodir. Shu bois so’nggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ’ib…

Kitob — kitobxon uchun qanot

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi to’g’risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot-ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimida kitobxonlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan “100 kitob loyihasi” doirasida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida tanlov bo’lib o’tdi. Tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart bo’yicha bellashishdi. Tanlov natijalariga ko’ra 1- o’rin…