Mirzo Ulug’bek mahallasida ko’chma kutubxona tashkil etildi

Prezidentimizning 5 tashabbusining to‘rtinchi yo‘nalishi aholi orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish borasidagi ishlar davom etmoqda.A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Samarqand shahar “Mirzo Ulug’bek” MFY bilan hamkorlikda yoshlar, xotin-qizlar tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasida bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida ko’chma kutubxona tashkil qilindi. Ma’lumot o’rnida: Ko’chma kutubxonada 20 dona badiiy adabiyotlardan foydalanildi

Bolajonlar uchun “Quvnoq yarmarka” tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 26-dekabr kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda jajji kitobxonlar uchun “Quvnoq yarmarka” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Erta yoshda ingliz tilini o‘rganishni targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan mazkur tadbirda “English Speaking Nation Coaches” almashinuv dasturi treneri Vendi Koulson sherbola Daniel’ personaji yordamida bolajonlar bilan ingliz tilida turli o‘yinlar o‘ynadilar,…

Zukko kitobxon

Joriy yilning 24-dekabr kuni A.S.Pushkin nomidagi axborot kutubxona markazida Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB sohaviy xizmatlari va 1-9-son IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Zukko kitobxon” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.Tanlovda ishtirokchilar belgilangan adabiyotlar bo‘yicha tayyorlangan savollarga-javob berdilar.Tanlov natijalariga ko‘ra, I o‘rinni 2-son IIB HPB profilaktika inspektori leytenant O.Raxmatov, II o‘rinni 6-son IIB HPB HQMB inspektori leytenant N.Xurramova,…

“Oila-nikoh munosabatlarida ayollar o‘rni”

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Oqila ayollar harakati kengashi va Samarqand shahar mahallalari bilan hamkorlikda “Oila-nikoh munosabatlarida ayollar o‘rni” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Oiladagi munosabatlarni mustahkamlash, yosh ayollarga oila qanchalik muhim ekanligini, oilani avaylab asrash kerakligi yana bir bor ta’kidlanib o‘tildi.

“SENING ISHQINGDAN HAQ ISHQIGA QADAR…”

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida taniqli Samarqandlik shoir va olim Xoja ( Norxo‘ja Choriyev) tavalludining 50 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov, O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Toshpo‘lat Tugalov, Samarqand viloyat tojik va tojikzabonlar milliy- madaniy markazi raisi Akbar Mahmudov, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat…