Harbiylar bilan ekskursiya

Kitob ko’rmagan kalla — giyoh unmagan dala, deganlaridek. Kitob o’qish insoning yuksalishidir. A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida kitobxonlikni targ’ib qilish borasida tashkilotlar bilan hamkorlikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiyalar tashkil qilinayotgan bo’lib, shulardan biri O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand shahar qo’riqlash bo’limi xodimlari bilan tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari…

Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Samarqand shahar “Tadbirkorlar” MFY aholisi o‘rtasida navbatdagi “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi asosida elektron kutubxona tashkil etish mavzusida kitob targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.

Bugungi kun asarlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning 4- yo’nalishi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Bugungi kun asarlari” deb nomlangan ko’rgazma tashkil qilindi.

Abu Rayhon Beruniy merosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’ minlash maqsadida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot- kutubxona markazida “Abu Rayhon Beruniy merosi va hozirgi zamon” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi.

“Moviy jamadon”—bilim o’chog’iga to’la makon

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Samarqand shahar “Utrennaya zvezda” maktagacha ta’lim tashkilotida Moviy jamadon loyihasi doirasida bolalarni kitobga qiziqtirish maqsadida “Ertak kitoblar-yaxshilikga yetaklar” nomli kitoblar targ‘ibotini o‘tkazishdi.Tadbir davomida bolajonlar bilan birgalikda turli xil o‘yinlar tashkil etildi.

Bibliografik sharh

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitoblar hamda hafta davomida axborot-kutubxona markaziga kelib tushgan matbuot nashrlarining bibliografik sharhi bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhda kutubxona mutaxassislari kitoblar va hafta davomida kutubxona fondiga kelib tushgan gazeta va jurnallarda chop etilgan yangiliklar haqida aytib o’tishdi.