“Qiziqarli kutubxonada” ekskursiyasi talabalar bilan davom etdi

Bugun navbatdagi ekskursiya A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti magistrlari bilan tashkil qilindi. “Qiziqarli kutubxonada” deb nomlangan ekskursiyada mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz)    haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Litsey o‘quvchilari bilan ekskursiya tashkil etildi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari bilan kutubxona bilan yaqindan tanishish maqsadida “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Sevimli kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman aksiyasi davom etmoqda

🧾Avval xabar berganimizdek, “Xalqaro kitob sovg’a qilish kuni” munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Sevimli kutubxonamga kitob sovg’a qilaman” kitob aksiyasi tashkil etilgan edi. Shu aksiya munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti 3-bosqich talabasi Xo‘jayev Umidjon o‘zi o‘qigan va tengdoshlariga tavsiya qilmoqchi bo‘lgan tibbiyotga oid kitoblarini kutubxona fondiga sovg‘a qildi.

Kutubxonada ekskursiya

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand davlat universiteti mintaqaviy malaka oshirish markazi, ona tili va adabiyot yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari kutubxona bilan yaqindan tanishish maqsadida “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Kitobxonlik oiladan boshlanadi

Kitobxonlikni targ‘ib qilishni, avvalo, oiladan boshlamoq kerak. Qush uyasida ko‘rganini qiladi deganlaridek, oilada kitobga muhabbat bo‘lsa, bolalarda kitobga mehr bilan voyaga yetadi. Shunday ekan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida oilalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi”: “Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida, Jiyanbekova Sharofat, Davronova Mavluda, Davronova Nigina…