Zargarlik sanʼati oʼzbek milliy, badiiy madaniyati tarixining ajralmas qismi boʼlib, u xalqning olis oʼtmishidagi maqsadlarini oʼrganishda yordam beradi. U badiiy hunarmandchilik sohalaridan biri boʼlib, mis, oltin, kumush, qalay kabi rangli metallardan qimmatbaho va noyob zebu ziynatlar, taqinchoqlar, bezak buyumlarini mohirona tobiga yetkazib yasash sanʼatidir, desak, toʼgʼri taʼrif bergan boʼlamiz ushbu kasbga. «Er yuzida bitta ayol qolsa ham zargarga ish bor», – degan naql bejizga aytilmagan. 30 yanvar Zargarlar kasb bayrami munosabati bilan 31 yanvar kuni axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Samarqand shahar hunarmandlar uyushmasiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog`ida Dekorativ kulolchilik, Yog`och o`makorligi hamda zargarlik buyumlari bilan yaqindan tanishishdi.