Bugun Prezidentimizning 5 muhim tashabbuslarining to’rtinchi tashabbus: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi axborot- kutubxona markazi xodimlari Samarqand veterinariya meditsina texnikumi bilan hamkorlikda “Kitob- ma’naviyatimiz ko’zgusi” tadbirini tashkil etishdi. Tadbirda texnikumning ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari S. Raximov, texnikum kutubxona rahbari G.Usmonova, A.S.Pushkin nomidagi axborot- kutubxona ma’naviy -ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori mudiri N. Vohidova, Ilmiy -metodika xizmati yetakchi mutaxassisi I. Shamsiyeva hamda o’quvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni S.Raximov ochib berib, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan yoshlarga kutubxona faoliyati, tarixi, kitoblari haqida ma’lumot berdi. Tadbir davomida o’quvchilar bilan savol-javoblar, she’rxonlik tashkil etildi va faol qatnashgan o’quvchilarga kutubxona tashakkurnomasi topshirildi.