Viloyat A.S.Pushkin nomidagi Axborot-kutubxona markazi zalida “Qofilai Ro’dakiy” to’garagining navbatdagi adabiy uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbir mehmonlari sevimli shoir, taniqli jurnalist, O‘zbekiston va Tojikiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ustoz Abdullo Subhon va iste’dodli yozuvchi va tarjimon, O‘zbekiston va Tojikiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Yunus Imomnazarlar edi. Tadbirda ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi. Tadbirni professor Juma Hamroev ochib berdi.
So‘ngra nozikta’b shoira, “Qofilai Ro’dakiy” to’garagi raisi Dilshod Farhodzod so‘zni davom ettirdi. Dastlab bu ikki adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Adabiyotshunos olim professor Sadri Sa’diyev, tilshunos olim Saidiy Sa’diy, “Durdonai Sharq” jurnali bosh muharriri Asadullo Ismoilzoda, viloyat tojik va tojikzabonlar milliy-madaniy markazi raisi Akbar Mahmudov va viloyat “Ovozi Samarqand” gazetasi bosh muxarriri Bahodir Rahmonov va boshqa nuroniylar so‘zga chiqdi.
Tojik filologiyasi fakulteti talabalari Abdulla Subhon she’rlaridan o‘qib, Yunus Imomnazar hikoyalari asosida ibratli sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi.
So‘ngra ustoz Abdullo Subhon o‘z mehnati, mashaqqatlari haqida gapirib, ijodidan misollar keltirdi. Yozuvchi Yunus Imomnazar kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati, badiiy adabiyot muammolari va ijodkorlikka oid boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Adabiy uchrashuv yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ustoz Abdulla Subhon va Yunus Imomnazarlar tomonidan javob oldilar.