Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 582- yilligiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy-ona tilimiz fidoiysi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o’tdi.

Tadbirda “Zarafshon” hamda “Самаркандский вестник” gazetasi maxsus muxbiri Yormuhammad Rustamov, sport va madaniy  tadbirlari bosh mutaxassisi Aliqulov Xasan hamda Samarqand davlat universiteti talabalari ishtirok etishdi.
 Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Alisher Navoiy  haqida she’rlar, g’azallar ijro etildi va faol qatnashganlarga esdalik sovg’alar topshirildi.