“….Yashagin diyorim gullab, gurkirab,
Tashna dil, gullarga nurlaring tarab….”

Abdul Vali Samimiy

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markaziga Abdul Vali Samimiy o’zining “Muhabbat bekati” deb nomlangan she’riy kitobini sovg’a qildi. Abdul Vali Samimiy asli ismi Abduvali Jonuzoqov 1953-yilda Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanidagi Toz qishlog’ida tug’ilgan. 1975-yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini Arxitektura mutaxassisligi bo’yicha tugatib, o’sha vaqtdan buyon mazkur dargohda talabalarga chizmachilik, kompyuter grafikasi, loyihalash fanlaridan dars berib kelmoqda.
Shuningdek, Abdul Vali Samimiy o’qituvchilikdan tashqari muntazam ijod bilan ham shug’ullanib, uning she’rlari viloyat va respublika vaqtli matbuot nashrlarida chop etilib turadi.
A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot -kutubxona markazi jamoasi Abduvali Jonuzoqovga minnatdorchilik bildiradi.