Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab turibdi, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi.

Bugun A.S.Pushkin viloyat axborot-kutubxona markazida 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabalari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbati davomida hurligimiz timlosi bo’lgan bayrog’imiz haqida ma’lumotlar berilib, savol-javoblar tashkil etildi.