A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi elektron resurslardan foydalanish va o’quv zallari xizmati mutaxassislari  Urgut tumanida joylashgan Yakub Tursunov nomidagi bolalar dam olish oromgohida  “Bilag’onlar davrasida” nomli   tadbir uyushtirdi. 

Tashkilotchilar  tomonidan  bolalarga mo’ljalangan  yangi adabiyotlar va audio kitoblar ko’rgazmasi tashkil etilib, barcha adabiyotlar to’g’risida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berib o’tildi. Shundan so’ng bolalar oromgohi tarbiyalanuvchilari o’rtasida “Kitob va men”, “Men bilgan shoir va yozuvchi”, hamda “Chaqqon va bilag’on bolajon”  tanlovlari o’tkazildi. 
 AKM tomonidan ushbu tanlovlarda  faol ishtiroki uchun bir guruh tarbiyalanuvchilarga faxriy yorliq va kitoblar  hadya  etildi.