Bolalar farishta shunday emasmi?! Ularning quvonchi dunyoni yoritadi va ularga bugun berilgan tarbiya kelajakni poydevori hisoblanadi. Shunday ekan bolalarga to’g’ri yo’lni ko’rsatish, kitobga oshno qilish kerak. Shu maqsadda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot – kutubxona markazi xodimlari Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan birgalikda Urgut tumanidagi “Chorchinor” bolalar oromgohida kitob targ’iboti tashkil qilishdi. Tadbir davomida kitoblar haqida qiziqarli ma’lumotlar aytib o’tildi. Shuningdek, bolalar bilan birgalikda turli tez aytish, ertak va she’riy aytishuvlar tashkil qilindi. Tadbir so’nggida faol qatnashgan, iqtidorli bolajonlarga viloyat kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg’alari berildi.