Bugun 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab, ertangi kun egalariga e’tibor va bolajonlarga shodlik va quvonch ulashish maqsadida, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida jajji bolajonlar uchun qiziqarli musiqali “Bolalar yuzidagi tabassum” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda 55-sonli MTMning 2- tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari o’zlarining chiqishlari bilan qatnashishdi. Tadbir so’ngida, jajji kitobxonlarga sovg’alar ulashildi.