Joriy yilning 29-iyun kuni A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida kitobxonlar bilan “Yangi O’zbekiston yoshlarining ijtimoiy faolligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar va ulardan oqilona faydalana olish haqida kitobxonlar o’zaro fikr almashdilar. Davra suhbati davomida yoshlarning asosiy burch va majburiyatlariga ham alohida to’xtalib o’tildi. Shuningdek, Bunyodkor yoshlarni tarbiyalash davomida ma’naviy bo’shliq qolmasligi kerakligi kitobxonimiz tomonidan aytib o’tildi.