Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada rivojlantirish

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitob mutolaasi va “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini amalga oshirish bo’yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi doirasidagi navbatdagi ko’chma kutubxona Samarqand shahar 8-Ixtisoslashtirilgan Davlat Umumta’lim maktabida tashkillashtirildi, hamda o’quvchilarga viloyat kutubxonasi to’g’risida ma’lumot berilib, kitoblar targ’iboti o`tkazildi .

E’ L O N

21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Qaroriga asosan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi 20-mart kuni soat 19:00 gacha xizmat ko‘rsatadi,21, 22, 23, 24-mart kunlari foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi. Ma’muriyat  

Bibliografik sharh

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida yangi nashrdagi kodekslar to`plami hamda kutubxona fondiga kelib tushgan  ijtimoiy-huquqiy ilmiy jurnal va huquqiy gazetalar  bibliografik sharh bo’lib o’tdi.

Navro‘zning muborak O‘zbekistonim

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida, Samarqand shahar 81-umumtalim maktabi bilan hamkorlikda “Navro’zing muborak O’zbekistonim” nomli badiiy musiqiy kecha o’tkazildi. Tadbirda davomida oquvchilar tomonidan tayyorlab kelingan, doira chalishlar, raqslar, jarchilar,  laparlar ijro etildi.

Xush kelding yangi kun, Xush kelding Navro‘z!

Xabar berganimizdek, Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida “Navro‘z” tantanalari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlarda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi ham o‘zining kitob ko‘rgazmalari hamda kitobga qiziquvchi yoshlar orasida qiziqarli viktorina savollari bilan ishtirok etishdi. Viktorina savollariga to’g’ri javob berishgan kitobxonlarga kutubxona tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.