Yil sarhisobi_2023

Bugun A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida xodimlarning yil davomida ko’rsatgan faoliyati tanqidiy ruhda tahlil qilindi. Ilmiy metodika xizmati, Axborot- kutubxona fondlariga ishlov berish va kataloglashtirish xizmati, Yig’ma elektron sektori xodimlarining yillik qilgan ishlari sarhisob qilinib, kelgusi yilda bajarilishi kerak bo’lgan vazifalar belgilab olindi.

MEMORANDUM

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi va A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Memorandum doirasida huquqiy, ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarni tashkil etish, ommani ayniqsa, yoshlar ongu tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va ko‘chma kutubxonalar tashkil qilish, respublika,…

Ko’chma kutubxona

Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosida joriy yilning 20-dekabr kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Samarqand shahar “Mironqul frukt inveat MCHJ”da ko’chma kutubxona tashkil etildi.

Ayni paytda

Ayni damda Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi “Samarqand”, “Adolat”, “O’zbekiston”, “Xorijiy adabiyotlar”,”Elektron kutubxona”, “Yoshlar” zalidan fotolavhalar

Kitobsevarlar klubi o‘z faoliyatini boshladi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan “Kitobsevarlar klubi” Paxtachi tuman Oqteppa qishlog‘ida bugun ilk faoliyatini boshladi. Klub ochilishida, Samarqand  viloyat A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Mahbuba Kulova, Nigora Vohidova, Iroda Shamsiyeva Paxtachi tuman hokimligi Axborot markazi Abdurashid Xusanov, shoir akademik Ismat Sanayev, Konchilik instituti o‘qituvchisi fanlar nomzodi Iso O‘runov, “Yosh  kitobxon” …

Yil sarhisobi

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat AKM direktori va xizmat rahbarlari hamda barcha tuman, shahar AKM direktorlari , xizmat rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda yil davomida qilingan ishlar sarhisob qilindi va rejalar belgilab olindi.