“Qalblarga muhrlangan siymo” kvest o’yini

A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlar o’rtasida taniqli qirg’iz yozuvchisi, buyuk adabiyotshunos Chingiz Aytmatov tavvalludining 95 yilligiga bag’ishlangan “Qalblarga muhrlangan siymo” nomli kvest o’yini o’tkazildi. Bunda ikki jamoa Everest va Progress jamoalari adibning hayoti va ijodi, asarlari yuzasidan berilgan savollarga javob berib bellashdilar. Bellashuv natijasiga ko’ra Progress jamoasi g’olib bo’ldi.

OAVda chiqishlar

“Zarafshon” gazetasining 2023-yil 8-dekabr sonida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodim N.Mirzayevaning “Urushlar – insoniyat tarixidagi qora dog‘lar” nomli maqolasini mutolaa qiling.

Ko’chma kutubxona

Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Samarqand shahar 35-umumta’lim maktabida ko’chma kutubxona tashkil etildi hamda ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzildi. Ko’chma kutubxona tashkil qilish uchun berilgan adabiyotlarga mahalla tomonidan…

“Yo’l- yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi

Yurtimizda yoshlarning kitobga, mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasi asosida Samarqand shahar universitet xiyoboni bo’ylab axborot-kutubxona markazining fondida…

Konstitutsiya va ma’naviyat mushtarakligi

Joriy yilning 7-dekabr kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish asoslari, fuqarolarning huquq va burchlari sodda tilda chuqur sharhlash maqsadida “Konstitutsiya va ma’naviyat mushtarakligi” mavzusida Milliy gvardiya Samarqand viloyat qoriqlash boshqarmasi xodimlari hamda Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan hamkorlikda davra suhbati otkazildi.

Davlat madhiyasi yangragan mahal

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonun bilan tasdiqlangan hamda shu kundan e’tiboran mamlakatimiz hayotida 10-dekabr muhim sanalardan biri bo’lib hisoblanib kelinmoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi mustaqillikka eʼtiqodni targ‘ib qiladi. Uning matni fuqarolarimizni mustaqil davlat qurish yo‘lida matonat va jasoratga, sabr-toqat va fidokorlikka,…