Central Asia – 2022

Ayni paytda Andijon shahri “Yoshlar markazi”da “Central Asia – 2022: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XV Xalqaro konferensiyasining ochilishi bo’lib o’tmoqda.XV Xalqaro konferensiyada Samarqanq viloyat A.S.Pushkin nomidagi axborot kutubxona markazi direktori Z..Shodiyeva, direktor o’rinbosari N.Saidmuradova va tuman axborot- kutubxona markazlari rahbarlari qatnashmoqdalar.

Kitob-millatning madaniy va ma’naviy merosi

Yoshlar va aholi o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand tuman 31- umumiy o’rta ta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda AKM mutaxassislari “Kitob – millatning madaniy va ma’naviy merosi” nomli rolik namoish etib, kutubxona javohirlari hisoblangan adabiyotlar bilan tanishtirdilar.

5 muhim tashabbus yoshlarga qanot

Bugun Prezidentimizning 5 muhim tashabbuslarining to’rtinchi tashabbus: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi axborot- kutubxona markazi xodimlari Samarqand veterinariya meditsina texnikumi bilan hamkorlikda “Kitob- ma’naviyatimiz ko’zgusi” tadbirini tashkil etishdi. Tadbirda texnikumning ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari S. Raximov, texnikum kutubxona rahbari G.Usmonova, A.S.Pushkin nomidagi axborot- kutubxona ma’naviy -ma’rifiy…

To’maris izdoshlari

A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi faollar zalida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti qizlari o’rtasida “To’maris izdoshlari” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Tadbirda ustozlar va kutubxona xodimlari hamda talaba- yoshlar ishtirok etishdi.Tanlovda qizlar to’rtta shart:1-shart: Tanishtiruv ;2-shart: Savol-javob ;3-shart: “Mening ijodkorligim” mavzusida har bir ishtirokchi erkin mavzuda o’z ijodkorligini namoyish etish;4-shart: Har bir ishtirokchi asarlardan…

Kutubxona bo’ylab sayohat

Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida 46-hamda 34- maktabning o‘quvchilari ustozlari rahbarligida kelishdi. Kutubxonadagi sharoitlar, kitoblar olami hamda kutubxona muzeyi bilan tanishishdi.

“Moviy jamadon” loyihasi doirasida…

“Moviy jamadon” loyihasi doirasida Lukmanov Ozod nomidagi oilaviy bog`chaga  A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari bolajonlarni kitobga qiziqtirish maqsadida borishdi.  Mutaxassislar bolalar bilan birgalikda qiziqarli adabiyotlar o’qishdi hamda o’yinlar tashkil etishdi.