Shiddat bilan rivojlanayotgan davrda zamon talablariga mos, o’z kasbingizni mutaxassisi bo’lishingiz juda muhim hisoblanadi. Jahon talablariga javob berish, chet ellik mutaxassislar bilan fikr almashish hamda rivojlangan davlatlarda malaka oshirish uchun esa, albatta, chet tillarini o’rganishimiz kerak.

Qadrli kitobxonlar! Sizda jahon standatrlari asosida tayyorlangan ingliz tilida o’qish, yozish hamda matematik fikrlashingizni oshirishga yordam beradigan, Amerikada nashr ettirilgan, nafaqat SAT imtihonlariga tayyorlanish balki, ingliz tilida o’z ustingizda mustaqil ishlashingizga yordam beradigan sotuvda topish qiyin bo’lgan kitoblardan biri “BARRON’S THE LEADER IN TEST PREPARATION SAT” Samarqand viloyati A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida. O‘qib, o‘rganing. Zero, fazilatli ilm olish ibodatdir.