Joriy yilning 3 – mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi tomonidan “Durdonai Sharq” ya’ni “Sharq durdonasi” adabiy, ilmiy va ma’rifiy jurnalini taqdimoti bo’lib o’tdi. Bu turdagi jurnal O’zbekistonda birinchi marta tojik tilida chop etilayapdi. Ushbu jurnalda O’zbekistonda yashab ijod qiladigan ijodkorlar ijod namunasi birinchi navbatda va qolaversa Sharq adabiyoti durdonalari joylashtirib boriladi. Ushbu taqdimotda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi rahbari T.Tugalov, tojik adabiyoti shu’basi rahbari A.Shukurov va yozuvchilar uyushmasi a’zolari ishtirok etishdi.