2019-yilning dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonuni xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida kasaba uyushmalarining vakolat hamda imkoniyatlari yanada kengaydi. Mazkur Qonunni amaliyotda qo‘llash, ushbu qonun talablaridan kelib chiqib faoliyatini yanada takomillashtirish masalalarida xodimlar va faollarni o‘qitish hamda malakasini oshirish ishlarini izchil davom ettirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo’mitasining 2022-yil 14-apreldagi qarori asosida yangi saylangan kasaba uyushmasi qo’mitasi raislarini joriy yilning 20-24 iyun kunlari O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining malaka oshirish institutida maxsus dastur asosida o’quv mashgulotlari o’tkazildi. Unda A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat AKM va Ishtixon, Nurobod va Kattaqo‘rgon-tuman boshlang‘ich kasaba uyushmasi raislari ham qatnashib “Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish” to‘g‘risidagi 40 soatli dastur bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘lishdi.


