Davlat ramzi bo’lgan Gerbimizga bag’ishlab A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi xorijiy adabiyotlar zalida kichik tadbir tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar tomonidan ingliz tilida Gerbimiz haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, vatan haqida she’rlar ijro etildi. Bunday tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad kitobxonlarning davlat ramzlari haqidagi bilimlarini boyitib borishdir.