Bugungi kunda insonlarning sog’lig’iga katta xavf solayotgan ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlikka qarshi kurash olib borilmoqda. Norkomaniya – bu shaxsni sog‘ligiga putur yetkazadi, butunlay zaharlaydi, gohida esa o‘limga ham olib keladi. Shuning uchun norkomaniyaga qarshi kurash kuni butunjahon mamlakatlarida atrofdagilarni, ayniqsa yoshlarni narkotik moddalarni iste’mol qilish yomon asoratlarga olib kelishini tushuntirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, yana bir bor narkotik moddalarni zarari to‘g‘risida turli tadbirlar, tashviqot ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan 1-mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Giyohvandlikka qarshi xalqaro kurashish” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda AKM huquqshunosi A.Arustamova, Samarqand shahar Narkologiya dispanseridan shifokor narkolog Sh.Mullayev, yuridik texnikum va So’zangaron tibbiyot kolleji o’qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.