2022-yil 17-noyabr kuni Zoom platformasi orqali O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamkorligida Viloyat, tuman AKMlar ishtirokida “Kitobxon onalar kuni” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Unda yozuvchilar, shoiralar, mahallalarning faol xotin-qizlari, kutubxonachilar va yosh kitobxonlar ishtirok etdilar.

Tadbirda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Raʼno Turdiboyeva Milliy kutubxona bilan hamkorlikda oilani mustahkamlash, onalik, otalik va bolalikni muhofaza qilishga, ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirishga, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy hayotda ayollarning ishtirokini yanada faollashtirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani va unga ko‘ra qator ishlar amalga oshirilayotgani haqida gapirdi. Bugungi tadbir ham ana shunday hamkorlikning natijasi ekanligini ta’kidladi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi raisi Z.Mahkamova tashabbusi bilan har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar kuni” deb belgilangan va Milliy kutubxonada ochiq eshiklar kuni o‘tkazilib, kitobxon xotin-qizlar yig‘ilib, o‘qigan kitobi, undan olgan ijobiy fikrlarini o‘rtoqlashishi yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Toyloq AKMdan Abduraxmonova Marxabo, Samarqand tuman AKMdan Alixanova Sitoralar o‘zlarining taqdimotlari bilan faol qatnashdilar.