O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022-yil 27-iyuldagi buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil avgust oyidan boshlab har oyda bir marta “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida xodimlar uchun kutubxonaning faoliyati, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda, qonunlariga rioya etish yuzasidan seminar-treninglar, mahorat darslari tashkil etish belgilangan. Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi boshlang’ich kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan AKM yurist-konsultanti S.Narziqulov va xodimlar ishtirokida “Yangi O’zbekistonda inson qadri va manfaatlari ulug’langan yurt” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.