Joriy yilning 29-iyul kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Urgut tumanining “Muruvvat” NBSHU erkaklar internat uyining kutubxonasida “Badiiy adabiyotlar taqdimoti” deb nomlangan sayyor madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi.

Tadbir davomida, keksa, nuroniy otaxonlarimizga vaqtlarini mazmunli o’tkazish va tafakkurlarini yanada boyitish maqsadida AKMga kelib tushgan yangi badiiy adabiyotlar to’g’risida ma’lumot berildi.