A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot – kutubxona markazida “INFOLIB UZBEKISTAN – 2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi musiqiy sadolar ostida boshlandi. Ochilish marosimida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, Senator F.I.Toshev, AOKA hududiy boshqarma boshlig’i M.Idodullayev va Yozuvchilar uyushmasi rahbari T.Tugalov so’zga chiqib haftalikning ochilishi bilan barchani qutladilar. Maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.