O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi. Birinchi prezidentimiz tavallud kuni munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Islom Karimov qalamiga mansub kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Albatta tashrif buyuruvchi kitobxonlarimiz ushbu kitoblardan foydalangan holda kitobxonlik salohiyatini yanada oshirishidan umidvormiz.