Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ma’rifatparvar jadid allomalarimizning ilmiy merosini ommalashtirish maqsadida “Jadidlar” rukni ostida kitoblar to‘plami nashr etilib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kitoblar Samarqand viloyatidagi 15 ta tuman va shahar axborot-kutubxona markazlariga taqdim etildi. 

Samarqand viloyati A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi o’z minnatdorchiligini bildiradi.

O‘qish ishtiyoqida bo‘lgan barcha kitobxonlar A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda tuman (shahar) kutubxona markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.