Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ma’rifatparvar jadid allomalarimizning ilmiy merosini ommalashtirish maqsadida “Jadidlar” rukni ostida kitoblar to‘plami nashr etilib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kitoblar Samarqand viloyatidagi 15 ta tuman va shahar axborot-kutubxona markazlariga taqdim etilgan edi.

Kitoblarni kitobxonlarga mazmuni yetkazish hamda ma’naviy boyliklarini oshirish maqsadida AKM xodimlari o’rtasida “Jadidlar” to’plamining billiografik sharhi o’tkazildi.
Sharh davomida kitoblarning mazmuni, allomalarning bosib o’tgan hayot yo’li haqida batafsil ma’lumotlar berilib, bu kitoblarning o’sib kelayotgan yosh avlod hayotida muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida ta’kidlab o’tidi.