Joriy yilning 10 – mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Abdurahmon Amonovning “Kel Samarqand shahriga” deb nomlangan uslubiy risolasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Ushbu kitob O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, san’at fidoiysi, mazkur risolaning yuzaga kelishiga xizmati singgan yetuk bastakor Olimboy Rahmonovning porloq xotirasiga bag’ishlanadi. Tadbirda O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi rahbari F.Toshev , O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi rahbari T.Tugalov, Tojikistonda xizmat ko’rsatgan artist A.Atoulloyev, «Turon nashr» nashriyoti direktori A.Shukurov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, professor A.Kamarzoda, Gulhaniy nabirasi Muniramoh Orifiy, O.Gulxaniy uy muzeyi ta’sischisi M.Orifiy, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist E.Qaytarov, B. Sirojiddinov, I. Sultonov va boshqalar qatnashishdi.