Kitob maslahatchi, sadoqatli hamrox, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning o‘rni muhim. Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan 25 – fevral Samarqand shahar “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig’ini raisining talabiga binoan A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona mutaxassislari tomonidan ko’chma kutubxona va elektron kitoblar targ’iboti uchun mobil kutubxona burchagi ham tashkil qilindi.